Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​SamDTI jamoasi maktab internati tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti dekani Alisher Axmedov boshchiligida dekan oʻrinbosarlari professor — oʻquvchilar, tyutorlar va fakultet talaba yoshlari Samarqand SOS Bolalar Mahallasiga tashrif buyurishdi.

  Tashrif davomida 9 ta Bolalar internati tarbiyalanuvchilariga sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda ularning bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirdilar.

  Xususan, “Siz bilasizmi?” shiori ostida turli qiziqarli savol-javoblar oʻtqazilib, faktik maʼlumotlar orqali tadbir qatnashchilariga tushuntirishlar berildi.

  Tadbir doirasida maktab tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Zakovat oʻyinlari tashkil etilib, unda “Zukkolar”, “Chaqqonlar”, “Epchillar” jamoalari ishtirok etdi. Beshta shart asosida boʻlib oʻtgan bahslarda “Epchillar” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Gʻolib va sovrindorlarga esdalik sovgʻalari ulashildi.



SamDTI Matbuot xizmati