Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​3-son TTJda “Balli qizlar” koʻrik tanlovi oʻtkazildi

  8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan SamDTI 3-son TTJda talaba qizlar oʻrtasida “Balli qizlar” koʻrik tanlovi tashkil etildi.

  Tanlovda SamDTI Tibbiy profilaktika jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetiga qarashli Tibbiy biologiya va genetika kafedrasining barcha oʻqituvchilari va maʼnaviyat-maʼrifiy ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari N.A.Murodova, Pedagogik tarbiyachi O.Turaboyeva va talaba qizlar ishtirok etdi.

  Tadbir davomida jamiyatimizda xotin-qizlarning tutgan oʻrni, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritilib, oʻzaro fikr mulohazalar almashinildi. Kirib kelayotgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha ayollarimiz, oʻqituvchi va talaba qizlarimizga tabrik soʻzlari yoʻllandi.

  Shuningdek, kun doirasida tashkil qilingan “Balli qizlar” koʻrik tanlovi qizgʻin tarzda kechib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Ularga esdalik sovgʻalari ulashildi.



SamDTI Matbuot xizmati