Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​TTJda Zakovat oʻyinlari boʻlib oʻtdi

 Joriy yilning 28-fevrali kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti 3-son TTJda talabalar oʻrtasida navbatdagi “Zakovat” oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Oʻyinlar tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti dekan oʻrinbosari N.A.Muradova rahbarligida oʻtkazildi.

  “Kim? Qachon? Qayerda?” deb nomlangan bellashuvda bir qancha jamoalar ishtirok etdi. Natijalarga koʻra “Ibn Sino” jamoasi Eng zakovatli jamoa deb topildi va 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari “Osmondagi bolalar” jamoasi 2-oʻrin, “Renessans” jamoasi 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, “Mars” jamoasi oʻyinlarda faol ishtirok etib, 4-oʻringa munosib topildi.



SamDTI Matbuot xizmati