Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot institutida sport musobaqalari davom etmoqda

  SamDTI Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetida Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 muhim tashabbusning "Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan" qismi doirasida SamDTI talabalari oʻrtasida sport musobaqalari davom etmoqda.

  Jumladan, 24-fevralda SamDTI ga qarashli akademik litseyda fakultet talabalari oʻrtasida voleybol va futbol sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

  Fakultet yoshlar masalalari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari N.A.Muradova, tyutorlar M.X. Joʻraqulova, O.B.Raxmatov O.I.Muratov va Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi oʻqituvchilari M.Ziyatov, Q Sattorovlar boshchiligida boʻlib oʻtgan bellashuvlar qizgʻin va murosasiz kechdi.

  Ushbu tadbirlarni amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarni sportga oshno qilish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdan iborat desak, mubolagʻa boʻlmaydi.




SamDTI Matbuot xizmati