Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​SamDTI talabalarini Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasiga nomzodlarini saralash maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi

  2022 yilning 17-fevral kuni Samarqand Davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 5-kurs talabalari hamda tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti 4-kurs talabalarini Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga nomzodlarni saralash maqsadida “Harbiy shifokor — sharfli kasb” mavzusida targʻibot-tashviqot yigʻilishining davra suhbati boʻlib oʻtdi.

  Uchrashuvda SamDTI Davolash ishi fakulteti dekan oʻrinbosarlari N.A. Muradova, Z.Z. Umarqulov, T. X. Nabiyev 4-5-kurs talabalardan 450 nafari, Samarqand viloyat MIB mutaxassisi q.k. xizmatchisi Tursunov SH. SH., Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi masʼul ofitserlari polkovnigi Xalimov B.X., hamda Samarqand harbiy gospitali katta ordinatori kapitani Nazarov Y.Z. lar qatnashdi.

  Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy tibbiyot akademiyasiga nomzodlarni saralash maqsadida “Harbiy shifokor-sharfli kasb” mavzusida targʻibot – tashviqot suhbati olib borildi.

  Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi haqida videorolik bilan boshlandi va slaydlar orqali toʻldiruvchi maʼlumotlar berib oʻtildi.

  Shuningdek, kun tartibidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi kafedra boshligʻi t/x polkovnigi Xalimov B.X. soʻzga chiqib, harbiy tibbiyot akademiyasi haqida hamda harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar haqida maʼlumot berib oʻtdi. Shu masala yuzasidan Samarqand harbiy gospitali katta ordinatori t/x kapitani Nazarov Y.Z. soʻzga chiqib, harbiy tibbiyot akademiyasiga kiruvchi nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va qabul qilish tartiblari haqida maʼlumotlar berdi.

  Tadbir soʻngida talabalarni qiziqtirgan savolariga Harbiy tibbiyot akademiyasidan kelgan masʼul xodimlar va Samarqand viloyat MIB mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.



SamDTI Matbuot xizmati