Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan tadbir

  Bugun 14-fevral oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi nishonlanmoqda.

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5040-sonli Qarori ijrosi hamda buyuk shoir va mutafakkir, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligini munosib nishonlash maqsadida, Samarqand davlat tibbiyot instituti “Oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili bilan” kafedrasi xodimlari 2-son TTJda talabalar bilan davra suhbati oʻtqazdilar. Tadbirda xalqaro taʼlim fakulteti dekani F.M.Raufov, dekan oʻrinbosari M.O.Zaripov, fakultet tyutorlari hamda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va jurnalist Zubaydulla Ibragimov qatnashdilar.

  Tadbirda ulugʻ bobokalonimiz yod etilib, qoldirgan yirik badiiy meroslari taʼkidlandi. Gʻazallar va ruboiylar oʻqildi.


SamDTI Matbuot xizmati