Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Imtihon jarayonlari doimiy nazoratda

  Ayni kunlarda SamDTI talabalarining yakuniy test imtihonlari sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilingan holda Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi kompyuter zallarida o'tkazilmoqda. Yakuniy test imtihonlarini oʻtkazishga va unda talabalarning ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

  Shuning bilan birga oʻtkazilayotgan imtihonlar Samarqand davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” boʻlimi tomonidan doimiy ravishda kuzatib borilmoqda. Ushbu tadbir talabalarning imtihonlarni shaffof va adolatli topshirishlarini taʼminlash maqsadida amalga oshirib kelinmoqda.



SamDTI Matbuot xizmati