×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

Jahon tajribasiga tayangan holda institutning modul tizimi takomilashtirildi

  O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligi va Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida professor-o’qituvchilar va talabalarga Elsevier kompaniyasining ClinicalKey Student, Complete Anatomy, STАTdx platormalari bepul foydalanish imkoniyati yaratilganidan xabaringiz bor.

  Endilikda esa institutimiz elektron o’quv platformasi (https://mt.sammi.uz) ClinicalKey Student (https://www.clinicalkey.com/student) bazasi bilan integratisiya qilingani va hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini xabar qilamiz. E'tiborli jihati shundaki, Yurtimizdagi tibbiy oliy ta’lim muassalari ichida aynan Samarqand davlat tibbiyot instituti birinchi bo’lib bunday imkoniyatni talabalarimizga taqdim etmoqda.

  Ushbu integratsiya tufayli oʻqituvchi va talabalar ClinicalKey Studentda tibbiyotga doir 270 dan ortiq eng mashhur o’quv adabiyotlar, 2000 dan ortiq o’quv-amaliyotga doir videolar hamda 150000 yaqin rasmlardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Eng muhimi esa foydalanuvchilar bu tizim vositasida jahon standartlari darajasida tuzilgan 4500 dan ortiq test savollari orqali o’z bilimlarinisinab ko’rishlari mumkin boʻladi. Ta’limga doir kitob, video va rasmlardan tashqari, platformada berilgan materiallarni o’rganish, eslab qolish va olingan bilimlarni sinab ko’rish uchun talabalar va professor- o’qituvchilar o’rtasida interaktiv muloqot vositalari ham taqdim etiladi.

  Ushbu o’zgarishlardan ko’zlanayotgan maqsad: institut modul tizimini ishonchli xorijiy axborot resurslari va test topshiriqlari bilan takomillashtirish, pirovard natijada, talabalar bilimini USMLE kabi xalqaro test tizimlaridan muvaffaqiyatli o’tish darajasiga ko’tarish hisoblanadi.

Savollar va murojaatlar yuzasidan telegramdagi @SAMSMU_educational_solutions_bot botiga yoki +998 (99)143-92-91 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatma: Tizim imkoniyatlaridan faqat institut moodle platformasidan (https://mt.sammi.uz) ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin.

Platformadan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma va videolarga quyidagi havola orqali o’tishingiz mumkin (https://bit.ly/3FOBuKa).



SamDTI Matbuot xizmati