Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Samarqandda yana bir tibbiyot markazi ish faoliyatini boshladi

 Bugungi kunda mamlakatimiz tibbiyot tizimida keng qamrovli oʻzgarishlar va islohotlar olib borilmoqda. Negizida xalqimizda malakali tibbiy xizmatni yetkazish yotgan islohotlarni diqqat markazida xususiy tibbiyotni rivojlantirish, bu soha uchun keng imtiyozlar berishdir.

  12-yanvar kuni “Lutfullayev tibbiyot markazi” tibbiyot muassasasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand shahri va viloyatni jamoatchilik vakillari, Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Klinika zamonaviy tibbiyot uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib unda quloq, tomoq, burun kasalliklari diagnostikasi, terapevtik va jarrohlik amaliyotlari zamonaviy usulda olib boriladi.

  Ochilishida soʻzga chiqqan institut rektori J.A.Rizayev barcha ishtirokchilarni yangi muassasa ochilgani bilan tabrikladi, “Lutfullayev tibbiyot markazi” yurtimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan jiddiy e'tiborning yorqin namunasi ekanligini ta’kidladi hamda mazkur klinika kelajakda talabalar uchun oʻquv-amaliyot bazasi boʻlib xizmat qilishi xaqida umid bildirdi.

  Tadbir ishtirokchilar tibbiyot muassasasi va yaratilgan shart-sharoitlari, moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishib chiqdilar, shuningdek klinikani xalqimizga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi faoliyatiga omadlar tiladilar.




SamDTI matbuot xizmati