Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Talabalar turar joyida sport musobaqalariga start berildi

  Joriy yilning 10-yanvari kuni Samarqand davlat tibbiyot institutining 2-son talabalar turar joyida xorijlik talaba-yoshlarning taʼtildagi vaqtlarini yuqori kayfiyatda va saviyali tashkil etish maqsadida sport musobaqalariga start berildi.

  Musobaqalar badminton, mini fudbol, kriket, voleybol, kabadi, shaxmat sport turlari boʻyicha oʻtkaziladi.

  Jumladan bugun (10.01.2022) xorijlik talabalar oʻrtasida sportning badminton turi boʻyicha qizlar musobaqasi boʻlib oʻtdi. Qizgʻin va murosasiz oʻtgan bahslarda 1-oʻrinni Khshi Dabkoo egallagan boʻlsa, 2-oʻrin Zainab Wassem va 3-oʻrin Anisha Tulurelarga nasib etdi.

  Ushbu musobaqaning yigitlar oʻrtasidagi final bosqichi 2022-yil 11-yanvar kuni soat 15:00 da boʻlib oʻtadi.

  Eslatib oʻtamiz, sport musobaqalari 22-yanvarga qadar davom etadi.


SamDTI Matbuot kotibi