Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institut talabalari bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi Yil bilan tabrikladilar

  Samarqand davlat tibbiyot instituti tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti 2-bosqich talabalari tashabbusi bilan kirib kelayotgan Yangi 2022 yil bilan tabriklash maqsadida Samarqand shahar 1-son mehribonlik uyiga tashrif amalga oshirildi. Xayriya aksiyasida fakultet dekan oʻrinbosarlari ham qatnashdilar.

  Talaba-yoshlar bolajonlarga koʻngilochar dasturlar, turli suhbatlar oʻtkazdilar, maʼnaviy koʻmak berib ularni yaxshi oʻqishga, barchaga namuna boʻlib ulgʻayishga chaqirdilar.

  Uchrashuv soʻngida bolajonlarga Yangi yil sovgʻalari ulashildi va esdalik uchun jamoaviy rasm olindi.

SamDTI matbuot xizmati