Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTI xodimlari “5-chi Italiya rinologlar jamiyatini milliy Kongressi”da qatnashdilar (Rim, Italiya)

  Joriy yil 15-18 dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son otorinolaringologiya kafedrasi mudiri professor N.J.Xushvakova boshchiligida delegatsiya vakillari Italiyaning Rim shahrida oʻtkazilgan “5-chi Italiya rinologlar jamiyatini milliy Kongressi”da (“5th Congresso Nazionale Società Italiana di Rinologia”) ishtirok etdilar. Kongressda 20 dan ortiq turli mamlakatlardan professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar qatnashdilar.

  Milliy Kongress doirasida ishtirokchilar uchun disseksion kurslar hamda jarrohlik mahorat darslari oʻtkazildi. Institut delegatsiyasi vakillari Assotsiatsiya Prezidenti prof.Gianluca Belocchi (Rim tibbiyot universiteti), prof.Desiderio Passali (Siena tibbiet universiteti), prof.Gaetano Motta (Neapol tibbiyot universiteti) va prof.Luisa Belussi tomonidan iliq kutib olindi.

  Professor N.J. Xushvakova, dotsent N.O Xamrakulova va assistent F.Sh. Isxakova tomonidan “Neapoli Universiteti”da akademik mobillik boʻyicha maʼruzalar va seminarlar oʻtkazildi.

  Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot instituti xamda Italiya rinologlar Assotsiatsiyasi va Neapol tibbiyot universitetlari bilan ikki tomonlama memorandumlar imzolandi. Ushbu memorandumlar tomonlarga malaka oshirish va akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini beradi, institutimizning chet el universitetlari bilan hamkorlik yoʻnalishlari yanada kengaydi. Madaniy dastur doirasida institut vakillari uchun Rim sh. boʻylab sayohatlar uyushtirildi.






SamDTI matbuot xizmati