Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosib nishonlandi

  Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yillik bayrami doirasidagi “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar davom etadi.

  SamDTIning akademik litseyida “Konstitutsiya -baxtimiz qomusi” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda akademik litsey maʼmuriyati, SamDTI xotin-qizlar maslahat kengashi raislari G.I.Xudoyberdiyeva, oʻqituvchi va oʻquvchilar qatnashdilar.

  Tadbir avvalida Gavhar Ismailovna soʻzga chiqib, ishtirokchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan tabrikladi. Shuningdek, akademik litseyning 104-guruh oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan chiqishlar, sahna koʻrinishlari, ashula va raqslar namoyish etildi.

  Tadbirda institut “Qizlarjon” klubi faollari “Taqdiringga befarq boʻlma” deb nomlangan sahna koʻrinishlari orqali qatnashdilar va yigʻilganlarga maʼnaviy-maʼrifiy ozuqa ulashdilar.

  Uchrashuvda Konstitutsiyamizning inson manfaatlari, huquqlari ustuvorligi va daxlsizligi kabi umuminsoniy gʻoyalarni qamrab olganligi aytib oʻtildi. Shuning bilan birga yurtimizda erkin demokratik jamiyat barpo etish, tinch va farovon hayot kechirishimizning huquqiy asoslari konstitutsiyamizda aniq belgilab qoʻyilgani yana bir bor taʼkidlandi.




SamDTI matbuot xizmati