Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​1-son talabalar turar joyida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi va konsert tashkil etildi

  7-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida pediatriya fakulteti tyutorlari va Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilotining faol talabalari tashabbusi bilan 1-son talabalar turar joyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko'rik-tanlovi va konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

  Tadbir davomida talabalar oʻz chiqishlari va konsert dasturlari bilan ishtirok etishdi. Koʻrik tanlov va konsert dasturi yoshlarni sport, madaniyat va sanʼatga qiziqtirishlarini yuzaga chiqarishdan iborat boʻldi.

  Mazkur tadbirni tashkil qilishda faol ishtirok etgan talabalarga institutning Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti va pediatriya fakulteti dekanati tomonidan esdalik sovalari va sertifikat bilan taqdirlandilar.





SamDTI matbuot xizmati