Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Stomatologiya fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi

  “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan oʻtkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” haftaligi doirasida Samarqand davlat tibbiyot institutini stomatologiya fakultetida “Korrupsiya – davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat!” nomli uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda Samarqand shahar 6-son IIB boshligʻi oʻrinbosari Elyor Nurmamatov, katta inspektori Shuxrat Lutfullayev, “Yangi Xayrobod” MFY raisi Jaxongir Udaev, institut xotin qizlar maslahat kengashi raisi Gavhar Xudayberdieva hamda stomatologiya fakulteti dekanati xodimlari, tyutorlar va talabalar qatnashdi.

  Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, aholining huquqiy ongi va huquqiy huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi hamda video roliklar talabalar uchun koʻrsatildi.

  Kelgusida jamiyatda oʻz oʻrniga hamda soʻziga ega boʻlishda yetuk mutaxassis va shifokor boʻlishda korrupsiyadan holi hayotning naqadar muhimligi toʻgʻrisida talabalarga tushunchalar berildi.



SamDTI matbuot xizmati