Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Odam anatomiyasi boʻyicha tanlov

  Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalarini fundamental tibbiyot fanlariga qiziqishlarini orttirish hamda iqtidorli talabalarni saralash maqsadida 1-sonli talabalar turar joyida “Odam anatomiyasi” fanidan savol-javoblar va anatomik aʼzolarni chizib tasvirlash boʻyicha tanlov tashkil etildi.

  Tanlovda institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I. Xudayberdiyeva, davolash fakultetini yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari D.Sh. Fayzullayev, odam anatomiyasi kafedrasini oʻqituvchisi Z.M. Raxmonov va institut talabalari ishtirok etdilar.

  Ishtirokchilar odam anatomiyaning tibbiyot sohasida tutgan oʻrni va ushbu sohani chuqur egallamay turib tibbiyotda biror natijaga erishib boʻlmasligi haqida batafsil maʼlumotlarni oldilar. Talabalarning fan boʻyicha bilimlari va koʻnikmalari baholanib, tanlovda gʻoliblikni kiritganlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.




SamDTI matbuot xizmati