Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Institut tyutorlarini faoliyati muhokama qilindi

  2 – dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutining majlislar zalida barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, maʼnaviyat ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar bilan institut rektori Jasur Rizayevni uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

  Uchrashuv davomida Jasur Rizayev tomonidan tyutorlar faoliyati va ularning talabalar bilan ishlashi, amalga oshirilayotgan ishlari, talabalardagi va ularning yashash sharoiti bilan bogʻliq masalalarni yechimini topish hamda talaba-yoshlarni boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Institutda talabalar bilan muloqotda doimo tibbiy etika va deontologiya asos boʻlishi, oʻzaro hurmat-izzat hukmron boʻlishi alohida taʼkidlandi.

  Suhbat davomida tyutorlar faoliyatida nimalarga koʻproq eʼtibor berish kerakligi boʻyicha batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar.



SamDTI matbuot xizmati