Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Maktablarda “OITS asr vabosi” mavzusida davra suhbatlari olib borilmoqda

  Bugun 1-dekabr “Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Davolash ishi fakulteti talabalari va Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabda “Biz OITSga qarshimiz!” shiori ostida maktab oʻquvchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi va tadbir boʻlib oʻtdi.

  Tadbirda maktab oʻquvchilariga OITS kasalligi, uning belgilari, oqibatlari va bugungi jahon hamjamiyati salomatligiga koʻrsatayotgan jiddiy zararlari haqida yetarlicha maʼlumotlar berildi.

  Shuningdek, sindromning oldini olish, undan saqlanish, sogʻlom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish boʻyicha oʻquvchilarga tibbiy maslahat va koʻnikmalar berildi. Bu davra suhbati orqali oʻquvchilar oʻzlari uchun kerakli boʻlgan foydali maʼlumotlarga ega boʻlibgina qolmay, bu kasallikning qanchalik xavfli kasallik ekanligini ham bilib olishdi. Oʻylaymizki har bir oʻquvchi oʻzi uchun bu sindrom haqida kerakli bilimga ega boʻldi va bu sindromga chalinmaslik uchun hamisha qoidalarga rioya qilishadi.



SamDTI matbuot xizmati