Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

​Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

  Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash boʻyicha komissiyasi va Xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari oʻrtasida imzolangan hamkorlik ish rejasi boʻyicha 2021 yilni 25 noyabr – 10 dekabr kunlari “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi eʼlon qilingan. 25 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish Xalqaro kuni” munosabati bilan “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!” mavzusida seminar oʻtkazildi.

  Seminarda ishtirok etgan Samarqand shahri 3-son ichki ishlar boʻlimi otin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori podpolkovnik Z.A.Sharapova, Samarqand shahri boʻyicha Ichki ishlar Organlari Faoliyatini Muvofiqlashtirish Boshqarmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori podpolkovnik D.R.Xotamova, institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva va institut yeshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi S.Xalimovlar tomonidan Respublikamizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, bu boradagi qonunlar, qaror va farmoyishlar, imtiyozlar, gender tenglik, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, zoʻravonlik turlari, jabrlanganlarga himoya orderlari berish tartiblari, jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish masalalari haqida batafsil tushunchalar berildi.

  Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga kerakli javob va maʼlumotlarni oldilar.




SamDTI matbuot xizmati