Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Immunologiya – XXI asr tibbiyotini poydevori” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

  2021 yil 16 oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasini Immunologiya va inson genomikasi ilmiy-tekshirish institutini 35-yilligiga bag‘ishlanib “Immunologiya – XXI asr tibbiyotini poydevori” mavzuida Halqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini uchinchi, oxirgi yakuniy kuni o‘tkazildi (konferensiya ishi avvalroq Toshkent shahrida boshlangan). Xalqaro konferensiya ishida Rossiya, Belarus, AQSh va O‘zbekistonni yetakchi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlarini 250 ziyod vakillari ishtirok qildilar.

  Xalqaro konferensiyani kirish so‘zi so‘zi bilan SamDTI rektori professor Jasur Rizaev ochib berib, uning ahamiyati va dolzarbligini ta’kidlab o‘tdi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidenti, akademik Bexzod Yuldashev, Rossiyani allergologlar va klinik immunologlar uyushmasi prezidenti, akademik Raxim Xaitov, Rossiya immunologlari ilmiy jamiyati prezidenti, akademik Valeriy Chereshnev, Rossiya fanlar akademiyasi akademiki Aleksandr Karaulov, sohani boshqa taniqli olimlar va tibbiyot sohasini yirik vakillari ishtirok etdilar.

  Xalqaro forumni yalpi majlisida respublika va xorij yetakchi mutaxassislarini COVID-19 kasalligini immunologik jihatlari, koronavirus infeksiyasini immunopatogenezi va immunoterapiyasi, immunitetdagi tug‘ma xatoliklar, mukozal immunitet, mikrobiota, antibiotiklar va ularni o‘zaro munosabati kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar qilindi. Nutqlardan so‘ng munozaralar va xalqaro konferensiyani tantanali yopilishi o‘tkazildi.

  Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan «Immunologiya – XXI asr tibbiyotini poydevori» Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi shubhasiz, respublika va mintaqamizda immunologiya va inson genomikasi sohasini rivojlantirish, fundamental va klinik fanlarni o‘qitish sifatini yanada oshirish va malakali tibbiy kadrlarini tayyorlash hamda institutimizni xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.




SamDTI Matbuot xizmati