Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institut talaba-qizlari xayriya aksiyasi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti xotin-qizlar maslahat kengashini talabalardan iborat “Qizlarjon” klubi faollari tomonidan “Mehrli qoʻllar” nomli aksiya oʻtkazildi.

  13 - oktyabr kuni “Qizlarjon” klubi aʼzolari “Onkologiya va radiologiya” ilmiy-amaliy markazini Samarqand viloyat filialiga tashrif buyurib, u yerda davolanayotgan bolajonlarni holidan xabar olishdi. Talaba-qizlarimiz oʻz qoʻllari bilan yaratgan yumshoq oʻyinchoqlar hamda qoʻl ishlarini bolajonlarga sovgʻa qilib, ularga sheʼrlar oʻqib, qiziqarli hikoyalar aytib, tez orada sogʻayib ketishlari haqida samimiy tilaklar bildirib koʻngillariga bir oz boʻsada quvonch baxsh etdilar. Bolajonlar va ularni ota-onalari institut faollariga oʻzlarini chuqur minnatdorchiliklarini bildirib oʻtdilar.

  Markazda bu kabi aksiyalarni oʻtkazish muntazam ravishda davom etiladi.


SamDTI matbuot xizmati