Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTIda Nobel mukofoti laureati maʼruzasi boʻlib oʻtdi

  20-sentabr kuni dunyoga mashhur turk va amerikalik olim, “DNKni tuzatish mexanizmlarini oʻrganish uchun” kimyo boʻyicha Nobel mukofotini 2015 yildagi laureati, professor Aziz Sanjar Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

  Professor Aziz Sanjar saraton kasalligini davolashda biologik soatdan foydalangani uchun turli ilmiy mukofotlarga sazovor boʻlgan. Xususan, Amerika Kimyo Jamiyati tomonidan 2001-yilda Shimoliy Karolina kimyochi mukofotiga sazovor boʻlgan. Bu mukofot bilan bir qatorda olim ilmiy dunyodagi eng nufuzli ilmiy muassasalardan biri boʻlgan AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi etib saylangan. Shuningdek, olim 2006 yilda Turkiya Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan.

  SamDTIga tashrifi chogʻida oliy martabali mehmonga “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti internasionalizasiya va strategik rivojlanish ishlari bo’yicha birinchi prorektor Juliboy Eltazarov hamrohlik qildi.

  Martabali mehmonni tantanali kutib olish institutning katta majlislar zalida boʻlib oʻtdi va unda institut rektori Jasur Rizayev kirish soʻzini aytdi. Rektor oʻz tabrigida doktor Aziz Sanjarga institutimizga tashrifi uchun minnatdorlik bildirdi va unga muvaffaqiyatlar hamda yangi kashfiyotlar tiladi.

  Doktor Aziz Sanjar institut xodimlari uchun “Biologik soat, DNKni tiklash, saraton kimyoterapiyasi” maʼruzasini oʻqidi. Olim eksizion taʼmirlash jarayoni, yaʼni DNKning oʻziga xos “tuzatish” jarayoni, buzilgan nukleotidni eksizion tuzatish mutagen moddalar sabab boʻlgan nuqsonlarni bartaraf etish jarayonida ham sodir boʻlshi haqida batafsil gapirdi. Ma’ruzada onkologik va boshqa turdagi kasalliklarni davolashda biokimyodagi soʻnggi kashfiyotlarini ahamiyati alohida qayd etildi.

  Maʼruza ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Nobel mukofoti sovrindori, ayniqsa, institutning yosh doktorantlari va magistrantlarining sharhlari va savollaridan mamnun boʻldi.

  Tashrif yakunida doktor Aziz Sanjar samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va institutimiz xodimlarining yuqori ilmiy salohiyatini qayta-qayta ta’kidladi.



SamDTI matbuot xizmati