Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTIda Klinik ordinaturaga kirish imtihonlari o'tkazildi

 2021/2022-oʻquv yili uchun Samarqand davlat tibbiyot instituti Klinik ordinatura (rezidentura)ga kirish uchun 39 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn test sinovlari o'tkazildi. Imtihonlar institut bosh binosini 150 oʻringa moʻljallangan 3 ta "Kompyuter zallari"da boʻlib oʻtdi.

  Imtihon jarayoni bugungi vaziyatdan kelib chiqib holda sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda tana harorati oʻlchanib, ijtimoiy masofa saqlangan holda tashkil etildi.

  Klinik ordinatura abituriyentlari imtihonga institutning taʼlim sifati, ichki nazorat boʻlimi hamda dekanat xodimlari tomonidan tekshirilib fuqarolik pasporti bilan kiritildi.

  Imtihon topshiruvchi abituriyentlarga sharoitlar yaratilgan boʻlib, adolatli va shaffof o'tkazilishi uchun barcha choralar koʻrildi.



SamDTI Matbuot xizmati