Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Yoshlar Ittifoqini faollari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazdilar

  2021 yil 21 may kuni Samarqand davlat tibbiyoti instituti Yoshlar Ittifoqini faollari tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish Kuniga bagʻishlangan xayriya aksiyasi oʻtkazildi. Tadbir “Yaxshilik qil Samarqand” xayriya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahri 61-son kar bolalar maxsus maktab-internatida oʻtkazilib Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlandi.

  Institutimiz Yoshlar Ittifoqini faollari bolalar uchun qiziqarli dastur doirasida turli oʻyinlar, estafetalar va tanlovlarni tashkil qildilar. Maxsus maktab oʻquvchilariga koʻrsatilgan konsert dasturi barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

  Xayriya aksiyasi yakunida homiy-tashkilotlar tomonidan barcha bolalarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

  SamDTI Yoshlar Ittifoqi faollari maxsus maktab-internatini rahbariyati bilan shunaqa aksiyalarni muntazam ravishda oʻtkazish boʻyicha kelishib oldilar.



SamDTI matbuot xizmati