Talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish muddatlari, talab qilinadigan hujjatlar va topshiriladigan imtihonlar ro‘yxati quyidagilardan iborat:
Hujjatlar 2025-yil 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat 2025-yil 10-29-noyabr davrida o‘tkaziladi.
Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib, 2025-yil 5-noyabrgacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura (PhD)
Tayanch doktoranturaga (PhD) quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyet fanlari uchun), oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.
Tayanch doktoranturaga o‘qishga talabgorlar oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturanitugatganligi (tibbiyot fanlari uchun) oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
- xorijiy tilni bilish darajasini bildiruvchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat IELTS (o‘rtacha balli kamida 4,0), TOEFL (iTP) (433 Listening 46 Written 43 Reading 41 Speaking 48), TOEFL iBT (42 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V1 darajadan past bo‘lmagan), Cambridge Assessment English (KET, PET, FCE, CAE, CPE) -PET 140-159, International Test of English Proficiency iTEP Academic – Plus (V1 darajadan past bo‘lmagan)
- https://daraja.ilmiy.uz – bazasida registratsiyadan o‘tgandan so‘ng
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Yo‘nalishlar: 03.00.01-biokimyo, 14.00.01-akusherlik va ginekologiya, 14.00.02 – morfologiya, 14.00.04- otorinolaringologiya, 14.00.05-ichki kasalliklar, 14.00.08- oftalmologiya, 14.00.09-pediatriya, 14.00.13- nevrologiya, 14.00.14- onkologiya, 14.00.15-patologik anatomiya, 14.00.18 - psixiatriya va narkologiya, 14.00.19- klinik radiologiya, 14.00.21-stomatologiya, 14.00.27-xirurgiya, 14.00.28- neyroxirurgiya, 14.00.35 – bolalar xirurgiyasi.
Berilgan kvotalar: tayanch doktoranturaga - 76 ta kvotalar.
DOKTORANTURA (DSc)
DOKTORANTURAGA (DSc) quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
- xorijiy tilni bilish darajasini bildiruvchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat IELTS (o‘rtacha balli kamida 4,0), TOEFL (iTP) (433 Listening 46 Written 43 Reading 41 Speaking 48), TOEFL iBT (42 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V1 darajadan past bo‘lmagan), Cambridge Assessment English (KET, PET, FCE, CAE, CPE) -PET 140-159, International Test of English Proficiency iTEP Academic – Plus (V1 darajadan past bo‘lmagan)
- https://daraja.ilmiy.uz – bazasida registratsiyadan o‘tgandan so‘ng
Yo‘nalishlar: 14.00.01 – akusherlik va ginekologiya, 14.00.04- otorinolaringologiya, 14.00.05 – ichki kasalliklar, 14.00.08-oftalmologiya, 14.00.13 – nevrologiya, 14.00.16- normal va patologik fiziologiya, 14.00.18 - psixiatriya va narkologiya, 14.00.19- klinik radiologiya, 14.00.21-stomatologiya, 14.00.27-xirurgiya, 14.00.28- neyroxirurgiya, 14.00.35 – bolalar xirurgiyasi.
Berilgan kvotalar: doktoranturaga - 16 ta kvotalar Manzil: 140100, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 18uy
Murojaat uchun tel.: + 998939981737 (ilmiy bo‘lim)