2025/2026-o‘quv yili uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti va Belarus davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan klinik ordinatura bosqichi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishni istagan abituriyentlar uchun imtihonlar o‘tkazildi.
Birinchi bosqich — Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti va Belarus davlat tibbiyot universiteti hamkorligida suhbat va test sinovlari;
Ikkinchi bosqich — Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) tomonidan rus tilini bilish darajasini aniqlash testlari.
Umumiy tanlov natijalariga ko‘ra, abituriyent:
birinchi bosqichda Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti va Belarus davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tavsiya etilgan,
ikkinchi bosqichda esa DTM tomonidan o‘zbek tilini bilish testidan 30% va undan yuqori natija olgan bo‘lsa, u talabalikka tavsiya etilgan hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Belarus davlat tibbiyot universiteti barcha abituriyentlarni suhbat asosida tavsiya qilgan.