Siz ham zamonaviy texnologiyalar olamida yetakchi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni xohlaysizmi? Unda “AI Study” platformasi aynan siz uchun!
Ushbu platforma talabalarga va yosh tadqiqotchilarga sun’iy intellektning so‘nggi yangiliklari, amaliy tajribalar va ilmiy yondashuvlarni o‘rganish imkonini beradi.
Platformada mavjud yo‘nalishlar:
- Sun’iy intellekt asoslari
- Generativ texnologiyalar va SI-modellar bilan ishlash
- Prompt-muhandislik
- SI’dan foydalanishda axloqiy me’yorlar va xavfsizlik masalalari
- Sun’iy intellektning ta’lim, biznes, sog‘liqni saqlash va davlat boshqaruvida qo‘llanilishi
- Raqamli savodxonlik va ma’lumotlarni tahlil qilish asoslari
- AI sohasidagi dolzarb amaliyotlar va jahon tajribasi
“AI Study” – bu nafaqat o‘quv platformasi, balki ijodiy muhit, yangi g‘oyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi maydon!
Batafsil ma’lumot uchun rasmiy sayt: 👉 www.aistudy.uz