×
Menu
Close Menu

2025/2026 o'quv yili 1-semestrida Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun MEROS PHARM stipendiyasiga hujjatlar qabuli boshlandi!

  Tanlovda:

  • Ilmiy izlanish olib borayotgan va yutuqlarga erishgan talabalar;
  • Tibbiyot sohasida innovatsion loyihalar ustida ishlayotgan;
  • O‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 85% va undan yuqori bo‘lgan talabalar;
  • Jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalar;

  Farmatsevtika sohasiga qiziqishi boʻlgan faqat bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, shu yoʻnalishda stajirovka yoki loyihalarda ishtirok etgan talabalar qatnashishi mumkin.


  Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Talaba ma’lumotnomasi
2. Passport nusxasi
3. Reyting daftarchasi nusxasi (dekan tomonidan tasdiqlangan holda yil davomida)
4. Fakultet dekani tavsiyanomasi
5. Kafedra to‘garak rahbari tavsiyanomasi
6. SamDTU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisining tavsiyanomasi
7. Erishgan yutuqlari ro‘yxati (3.4 shakl)
8. Ilmiy salohiyati (ilmiy anjumanlar, maqola va tezsizlar chop etilishi, olimpiadalardagi ishtirok)
9. Xalqaro til sertifikati
10. Ko‘rik-tanlov va sportdagi yutuqlari

  Qabul 2025-yil 20-sentyabrga qadar davom etadi.

  Eslatma!!! 2025-2026-o'quv yili 1-semestrida REKTOR STIPENDIYASIGA nomzodini taqdim qilgan talabalar MEROS FARM STIPENDIYASIDA ishtirok eta olishmaydi.