Jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlami yetishtirib berish, yoshlami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlaridagi iqtidorli talabalami aniqlash, ulaming o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng faol talabasi” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
🖊 Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
I bosqich - Oliy ta’lim muassasasi bosqichi
1-tur - fakultetlar kesimida;
2-tur - universitet miqyosida;
II bosqich - Respublika bosqichi
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
⚫️“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
⚫️“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”
⚫️“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
⚫️“Yilning eng faol sportchi talabasi”
⚫️“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”
⚫️“Yilning eng faol ijodkor talabasi”
⚫️“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun)
✔️ Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2, 3, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.
❎ Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib, Respublika bosqichida (1, 2 va 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar tanlovda 3 yil davomida qayta ishtirok etmaydi.
❕ Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar fakultet dekanatiga murojaat qilishlari so‘raladi!
🗓 Tanlovga hujjatlar joriy yilning 31-oktyabriga qadar qabul qilinadi!