Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Turkiya Respublikasi Sog‘liq bilimlari universiteti bakalavriat bosqichi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari umumiy tanlov natijalari e’lon qilinmoqda!

  2025/2026-o‘quv yili uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Turkiya Respublikasi Sog‘liq bilimlari universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishni istagan abituriyentlar uchun imtihonlar ikki bosqichda o‘tkazildi:

  Birinchi bosqich — Turkiya Respublikasi Sog‘liq bilimlari universiteti tomonidan suhbat va test sinovlari;

  Ikkinchi bosqich — Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) tomonidan o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash testlari.

  Umumiy tanlov natijalariga ko‘ra, abituriyent:

  birinchi bosqichda Turkiya Respublikasi Sog‘liq bilimlari universiteti tomonidan tavsiya etilgan,

  ikkinchi bosqichda esa DTM tomonidan o‘zbek tilini bilish testidan 30% va undan yuqori natija olgan bo‘lsa, u talabalikka tavsiya etilgan hisoblanadi.

  Shuningdek, DTM testida 30% va undan yuqori natija olgan, biroq Turkiya Respublikasi Sog‘liq bilimlari universiteti tomonidan “Zaxira” ro‘yxatiga kiritilgan abituriyentlar quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishlari so‘raladi.

  Murojaat uchun: +998332237000 

  Turkiya Respublikasi Sog‘liq bilimlari universiteti natijalari

  Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) natijalari