×
Menu
Close Menu

​Slovakiya Respublikasining Milliy stipendiya dasturi bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi!

  Slovakiya hukumati tomonidan butun dunyo bo‘ylab boshqa universitetlar bilan xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qolaversa, kuchli bilim va salohiyatga ega talabalarni shu yerda o‘qishga, professor va tadqiqotchilarni esa ilmiy ish olib borishga ruhlantirish maqsadida Slovakiya Respublikasi milliy stipendiya dasturi (The National Scholarship Program of the Slovak Republic) joriy etilgan.

  Mazkur dasturning kuzgi mavsumiga hujjatlar qabuli joriy yilning 31-oktyabr 16:00 ga qadar davom etadi.

 Dastur haqida batafsil ma’lumot va ishtirok etish shartlarini www.stipendia.sk hamda www.scholarships.sk saytlaridan olishingiz mumkin.

  Dastur davomida ishtirokchilar Slovakiya universitetlaridan birida bepul o‘qishi, tadqiqotchilar esa ilmiy izlanishlar olib borishi mumkin. Dastur tanlangan kurs va yo‘nalishga qarab ingliz yoki slovak tilida 1 oydan 10 oygacha (talabalar uchun 3 oydan 10 oygacha) davom etadi. Shu muddatda ishtirokchilar o‘qish to‘lovlaridan ozod etiladi, oylik stipendiya va yo‘l xarajatlari uchun mablag‘ bilan ta’minlanadi.