×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bakalavriat bosqichi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari umumiy tanlov natijalari e'lon qilinmoqda!

  2025/2026-o‘quv yili uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishni istagan abituriyentlar uchun imtihonlar ikki bosqichda o‘tkazildi:

  Birinchi bosqich — Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti tomonidan test sinovlari;

  Ikkinchi bosqich — Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) tomonidan rus tilini bilish darajasini aniqlash testlari.

  Umumiy tanlov natijalariga ko‘ra, abituriyent:

  birinchi bosqichda Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti tomonidan natijalari minimal darajadan past bo‘lmagan va imtihonga kelmagan holatlar (неявка) qayd etilmagan abituriyentlar,

  ikkinchi bosqichda esa DTM tomonidan rus tilini bilish testidan 30% va undan yuqori natija olgan bo‘lsa, u talabalikka tavsiya etilgan hisoblanadi.

  Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti natijalari

  Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) natijalari