Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 26-sentabrdagi 380-son buyrug‘iga asosan, mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovning maqsadi:
- xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
- davlat tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlash;
- o‘zbek tili, madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib qilish.
Tanlov bosqichlari:
- Universitet bosqichi: 2025-yil 8-oktabr (SamDTUda o‘tkaziladi)
- Saralash bosqichi — 8-oktabrdan 11-oktabrgacha (masofaviy)
- Respublika bosqichi — 14–15-oktabr kunlari Toshkent shahrida
Ishtirokchilar:
Tanlovda faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin.
Baholash shartlari:
- Tanishtirish (3–5 daqiqalik videolavha) — 100 ball
- Esse yozish (kamida 200 so‘z) — 100 ball
- Erkin mavzuda badiiy chiqish (final bosqichida) — 100 ball
G‘oliblarni taqdirlash:
- 1-o‘rin: I darajali diplom + BHMning 40 baravari miqdorida pul mukofoti + esdalik sovg‘alari
- 2-o‘rin: II darajali diplom + BHMning 30 baravari miqdorida pul mukofoti + esdalik sovg‘alari
- 3-o‘rin: III darajali diplom + BHMning 20 baravari miqdorida pul mukofoti + esdalik sovg‘alari
Barcha bosqichlarda g‘oliblar va faol ishtirokchilar rag‘batlantiriladi!
Tanlovda ishtirok etish uchun xorijlik talabalar o‘z oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari lozim