Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Qo’shma ta’lim dasturlariga qabul davom etmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2023/2024-oʻquv yili uchun Rossiya va Polsha oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo’shma ta’lim dasturlariga qabul 2023-yil 20-oktyabrgacha davom etadi.

Quyidagi yo’nalishlarga qo’shma ta’lim dasturlari e’lon qilingan:

Rossiya Federatsiyasining I.N. Ulyanov nomidagi Chuvashiya davlat universiteti bilan;

- Klinik psixologiya (qabul kvotasi 30 oʻrin), oʻqish muddati 5,5 yil (3+2,5);

Kirish imtihoni bloklari: biologiya, jamiyatshunoslik, rus tili.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar I.N. Ulyanov nomidagi Chuvashiya davlat universitetida “Shaxsiy kabinet” ochishlari lozim. Kerakli maʼlumotlarni  (https://abiturient.chuvsu.ru/urovni/spo/dokumenty-... ) sayti orqali olishlari mumkin (roʻyxatdan oʻtish qoidalari bu yerda). Shuningdek, abituriyentlar https://doubled.sammu.uz platformasiga tegishli maʼlumotlarni kiritib, quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

Rossiya Federatsiyasining Imanuil Kant nomidagi Boltiq federal universiteti bilan

- Bioinjeneriya va Bioinformatika (qabul kvotasi 30 oʻrin), oʻqish muddati 5 yil (3+2);

Kirish imtihoni bloklari: rus tili, Matematika, biologiya/informatika (uchinchi blokdagi fan abiturient tomonidan tanlanadi)

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar Imanuil Kant nomidagi Boltiq federal universitetida “Shaxsiy kabinet” ochishlari lozim. Kerakli maʼlumotlarni (https://kantiana.ru/enrollee/admission-committee/p... )  sayti orqali olishlari mumkin.(roʻyxatdan oʻtish qoidalari bu yerda). Shuningdek, abituriyentlar https://doubled.sammu.uz platformasiga tegishli maʼlumotlarni kiritib, quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

Rossiya federatsiyasi Oltoy davlat tibbiyot universiteti bilan

- Stomatologiya (qabul kvotasi 50 oʻrin), oʻqish muddati 5 yil (3+2);

Kirish imtihon bloklari: biologiya, jamiyatshunoslik, rus tili.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar Rossiya federatsiyasi Oltoy davlat tibbiyot universitetining rasmiy sayti (https://asmu.ru/abitur/ ) orqli kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin. Shuningdek, abituriyentlar https://doubled.sammu.uz platformasiga tegishli maʼlumotlarni kiritib, quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

Polsha davlat Pomeranian University in Słupsk bilan

- Kоsmеtоlоgiya (qabul kvotasi 30 oʻrin), oʻqish muddati 3 yil (2+1);

Kirish imtihon bloklari: biologiya, jamiyatshunoslik, rus tili.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar Polsha davlat Pomeranian Universiti rasmiy sayti (https://study.gov.pl/university/pomeranian-univers... ) orqli kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin. Shuningdek, abituriyentlar https://doubled.sammu.uz platformasiga tegishli maʼlumotlarni kiritib, quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

Abituriyentlar SamDTU qo‘shma ta’lim fakultetiga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon:

+998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor Shukurullaevich)

Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha. Shoshiling, bizda o‘rinlar cheklangan.