Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​DIQQAT! XORIJIY ILMIY STAJIROVKA UCHUN TANLOV E’LON QILINADI!

Samarqand davlat tibbiyot universiteti yosh olimlar, magistrlar va klinik ordinatorlarni yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalarida ilmiy stajirovka o‘tash uchun tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

📅 Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 25-oktabrga qadar

📑 Taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati:

  • Ariza (SamDTU rektori nomiga);
  • Nomzodning ma’lumotnomasi (obyektivka);
  • Pasport yoki ID-karta nusxasi;
  • Diplom nusxasi (bakalavr, magistratura diplomi yoki ilmiy daraja/unvonni tasdiqlovchi hujjat);
  • 3×4 o‘lchamdagi rangli fotosurat (2 dona);
  • Qabul xati (Xorijiy ta’lim muassasasidan Invitation Letter – agar mavjud bo‘lsa);
  • Tavsiyanoma (fakultet dekani va kafedra mudiridan);
  • Ilmiy ishlar ro‘yxati (Scopus, xalqaro hamda respublika OAK ro'yxatidagi jurnallarda chop etilgan maqolalar);
  • Konferensiya materiallari (respublika va xalqaro konferensiyalardagi ma’ruzalar ro‘yxati);
  • Til sertifikati (IELTS, TOEFL, TestDaF va boshqalar);
  • Yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (grantlardagi ishtirok, Prezident stipendiyasi va b.);
  • Xorijiy muassasa haqida ma’lumot (qabul qiluvchi universitet va bo‘lim haqida qisqacha ma'lumot);
  • Ilmiy stajirovka rejasi (mavzu, maqsad, vazifalar va kutilayotgan natijalar batafsil yoritilgan holda).

📌 Eslatma: Hujjatlar belgilangan muddatda to‘liq va tartibli ravishda taqdim etilishi qat'iy talab qilinadi.

🎓 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ilmiy salohiyatingizni yuksaltirish, xorijiy tajriba orttirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida ushbu tanlovda faol ishtirok eting!