2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA O‘QISHGA TAVSIYA ETILGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
Samarqand davlat tibbiyot universitetiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarni talabalikka qabul qilish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026-yil 1-noyabr etib belgilandi.
📌 Abituriyentlar quyidagilarga e’tibor qaratishlari lozim:
- To‘lov-kontrakt shartnomasini rasmiylashtirish;
- Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish;
- Talabalikka qabul qilish uchun zarur hujjatlarni to‘liq rasmiylashtirish.
⚠️ Diqqat! Belgilangan muddatga qadar barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va tegishli to‘lovlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.
📅 So‘nggi muddat: 2026-yil 1-noyabr.
SamDTU matbuot xizmati