TYUTORLIK LAVOZIMIGA NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN MALAKA TALABLARI
Samarqand davlat tibbiyot universitetida tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 656-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga muvofiq, nomzodlarga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
- oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzallik beriladi);
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lish;
- ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti hamda amaliyotini chuqur anglash, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lish;
- namunali shaxsiy fazilatlarga, jumladan, madaniyatli, mas’uliyatli, kirishimli, vatanparvar va tashabbuskor bo‘lish;
- mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan nomzodlar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.
Izoh: Samarqand davlat tibbiyot universitetida hozirgi kunda tyutorlik lavozimi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emas.