"Craniofacial Consilium" xalqaro ilmiy-amaliy kongressiga taklif etamiz!
Samarqand davlat tibbiyot universiteti va "MedEd Expo Group" hamkorligida 2026-yil 9-10-oktabr kunlari Samarqand shahrida "Craniofacial Consilium" xalqaro ilmiy-amaliy kongressi o'tkaziladi. Ushbu nufuzli tadbir bosh va yuz jarrohligi, stomatologiya, ortodontiya, yuz-jag' jarrohligi, otorinolaringologiya, implantologiya hamda rekonstruktiv jarrohlik sohalari mutaxassislarini o'zaro tajriba, bilimlar va innovatsion g'oyalar bilan almashish uchun bir joyga jamlaydi.
Kongress dasturidan o'rin olgan asosiy tadbirlar:
- Stomatologiya, yuz-jag' jarrohligi va LOR yo'nalishlarida xalqaro ekspertlar ishtirokidagi plenar yig'ilishlar hamda parallel seksiyalar.
- Yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan o'tkaziladigan amaliy mahorat darslari (master-klasslar).
- SamDTU ko'p tarmoqli klinikasida xitoylik professor Hanwei Peng ishtirokida jonli jarrohlik (live surgery) amaliyoti namoyishi.
- Talabalar uchun maxsus mualliflik ma'ruzalari va turli yo'nalishlardagi 27 ta ilmiy ishlarni o'z ichiga olgan stendli (poster) ma'ruzalar sessiyasi.
O'tkazilish joyi: Kongressning asosiy tadbirlari Samarqand shahridagi "Silk Road by Minyoun" majmuasida ("Changan", "Red Mansion" va "Water Margin" zallarida) bo'lib o'tadi.
Barcha mutaxassislar, tadqiqotchilar va yosh kadrlarni yangi professional va ilmiy hamkorlik aloqalarini o'rnatish, shuningdek, sohadagi eng so'nggi raqamli va 3D texnologiyalar bilan tanishish uchun kongressda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
⬇️ Kongress dasturini yuklab olish:
📄 Craniofacial_Consilium_2026_Programme .pdf
Batafsil ma'lumot va murojaat uchun:
- Veb-saytlar: www.sammu.uz, www.meded-expo.uz
- Telefon raqami: +998 33 276 08 08