Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi — 2026” tanlovi e’lon qilinadi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘zining iqtidorli va intiluvchan talabalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilgi Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi tanloviga hujjatlar qabuli boshlanganini ma’lum qiladi. Ushbu stipendiya tibbiyot sohasida chuqur bilimga ega, faol va yangi tashabbuslarni amalga oshirishni maqsad qilgan yoshlar uchun o'z imkoniyatlarini namoyon etishning ajoyib imkoniyatidir.

Kimlar hujjat topshirishi mumkin?

  • 2-kursdan boshlab barcha bakalavriat bosqichi talabalari;
  • Magistratura talabalari (jumladan, 1-kurs magistratura talabalari ham tanlovda ishtirok etishi mumkin).

Asosiy talab: Talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 balldan yuqori bo‘lishi lozim.

Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  1. Ariza;
  2. 3×4 o‘lchamdagi fotosurat;
  3. CV (tarjimai hol);
  4. So‘nggi 2 semestr uchun transkript (1-kurs magistratura talabalari uchun bakalavriatning bitiruvchi kursida olgan baholarini aks ettiruvchi transkript taqdim etiladi);
  5. Yutuqlar portfeli (sertifikatlar, diplomlar, ilmiy maqolalar va h.k.);
  6. Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat;
  7. Tibbiyot sohasiga oid loyiha yoki tashabbus konsepsiyasi;
  8. Boshqa qo‘shimcha talab etiladigan hujjatlar.

Hujjatlarni topshirish tartibi va muddati:

  • Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: Hujjatlar https://ssvstipendiya.uz/uz rasmiy sayti orqali onlayn shaklda yuborilishi kerak.
  • Offlayn topshirish joyi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi.
  • Oxirgi muddat: 2026-yil 26-oktabr.

Qo‘shimcha ma’lumot va murojaat uchun: Tanlov shartlari va hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tug‘ilgan savollar yuzasidan Telegram orqali mas'ul xodimga (@abidinov_031) murojaat qilishingiz mumkin.

Barcha iqtidorli talabalarimizni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!