Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom, barkamol insonni voyaga yetkazishga intilish o‘zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu bois ma’naviy-ma’rifiy ishlar tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati kafedrasi faoliyatining eng muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

  Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida nafaqat yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, balki ularning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirish, vatanparvarlik, insonparvarlik, mas’uliyat va kasbiy madaniyat tuyg‘ularini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tibbiyot sohasi mutaxassislari faoliyatida inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq yuksak mas’uliyat mavjudligi sababli, talabalarda kasbiy bilimlar bilan bir qatorda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi.

  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar doimiy ravishda tuzilgan va tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Bu ishni mas’ul o‘qituvchi Burxanova G.L. bajarmoqda. Kafedrada talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida o`zaro muloqot olib boriladi.

  Prezident Sh. M. Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlarining barkamol avlodni tarbiyalash konsepsiyasiga, ayniqsa ma'naviy-tarbiyaviy jihatlarga oid asarlari va nutqlari asosida shaxsning ma'naviy-dunyoqarash xususiyatlarini hamda umuminsoniy va milliy prinsiplarini oshirish va takomillashtirish maqsadida:

  * islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish jarayonida respublikada bunyodkorlik ishlarini targ'ib qilish bo ' yicha;

  * talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirishda;

  * talabalar o'rtasida siyosiy-huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha;

  * talabalarga dunyoda va mamlakatda ro'y berayotgan ijtimoiy - siyosiy va bunyodkorlik voqealari to ' g 'risidagi axborotni o' z vaqtida yetkazish bo ' yicha;

  * talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish bo'yicha;

  * talabalarning bo'sh vaqtlarini tashkil etish, o'quv yurtining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos keladigan qiziqishlar bo'yicha turli to'garaklarni tashkil etish.

  Shu bilan bir vaqtda talabalar yotoqxonasida reja bo'yicha shaxmat turniri, intellektual o'yinlar, qo'l epchilligi bo'yicha musobaqalar va qizlar bilan samimiy suhbatlar o'tkazildi.

  Kafedra jamoasi tomonidan talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, Vatanga sadoqat, kasbga fidoyilik, insonlarga mehr-oqibat va o‘zaro hurmat kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o'qituvchilari va xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish va sportga qiziqishni oshirish maqsadida mini-futbol, шахмат shaxmat va shashka bo'yicha sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Kafedra yakunlari bo'yicha har yili sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritadi.

  SamDTU Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati kafedrasi muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan talabalar uchun iftorlik tashkil etdi. Shuningdek har yil Samarqand viloyat sil kasalliklari shifoxonasi bolalari uchun yangi yil oldidan ko`nglini ko`tarish maqsadida yangi yil sovg`alari tarqatiladi.

  Kafedrada talabalarni 58-115-15-bolalar bog'chalariga va 27-maktabga jalb qilish orqali sog'lom turmush tarzi, bolalarning shaxsiy gigienasini targ'ib qilish chora tadbirlari keng qo'llaniladi.