Ilmiy to'garak
Farmatsevtika sohasi zamonaviy tibbiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, aholiga sifatli, samarali va xavfsiz dori vositalarini yetkazib berishda katta ahamiyatga ega. Ushbu sohaning rivojlanishi malakali farmatsevtlar bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqadigan, mustaqil fikrlaydigan va zamonaviy bilimlarni egallagan yosh mutaxassislarni tayyorlashni ham talab etadi.
Shu maqsadda Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasida Yosh farmatsevtlar ilmiy jamiyatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar ilmiy jamiyati yoshlarni ilmiy izlanishlarga jalb qilish, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Yosh farmatsevtlar ilmiy jamiyatining asosiy maqsadi farmatsiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishiga ko‘maklashishdan iborat.
Jamiyat faoliyati davomida talabalar o‘zlari qiziqqan ilmiy yo‘nalishlarni tanlab, professor-o‘qituvchilar va ilmiy rahbarlar ko‘magida tadqiqot ishlarini olib boradilar. Bu jarayonda ular ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, tajribalar o‘tkazish, natijalarni umumlashtirish va ilmiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Talabalar ilmiy jamiyati doirasida talabalar ilmiy rahbarlar bilan birgalikda turli mavzularda tadqiqot ishlarini amalga oshiradilar. Tadqiqot jarayoni, odatda, mavzu tanlashdan boshlanadi. Shundan so‘ng mavzu bo‘yicha ilmiy adabiyotlar, maqolalar va boshqa manbalar o‘rganiladi.
Keyingi bosqichda tadqiqotning maqsadi va vazifalari belgilanadi. Zarur hollarda laboratoriya sharoitida tajribalar o‘tkazilib, olingan natijalar statistik va ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
Tadqiqot yakunida talaba o‘z xulosalarini shakllantiradi va ilmiy ishini maqola, tezis yoki ma’ruza ko‘rinishida tayyorlaydi. Eng yaxshi ilmiy ishlar turli ilmiy-amaliy konferensiyalarda taqdim etilishi mumkin.
Ilmiy seminar va konferensiyalar
Yosh farmatseftlar ilmiy jamiyati faoliyatida ilmiy seminarlar muhim o‘rin tutadi. Seminarlar davomida talabalar o‘z tadqiqot natijalarini boshqa talabalar va professor-o‘qituvchilarga taqdim etadilar.
Bunday tadbirlar talabalarning omma oldida chiqish qilish, o‘z fikrini ilmiy asosda himoya qilish va savollarga javob berish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish esa talabalarga o‘z tadqiqotlarini kengroq ilmiy auditoriyaga taqdim etish imkonini beradi. Shu bilan birga, boshqa tadqiqotchilarning ishlari bilan tanishish va yangi ilmiy g‘oyalar olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Kafedra xodimlari tomonidan o’z shogirdlari bilan birga turli xil konferensiyalarda ishtirok etib biur nechta ilmiy maqolalar va tezislar nashr etilgan.
Amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlari.
Talabalar ilmiy jamiyati doirasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga alohida e’tibor beriladi. Laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalar turli dori vositalarini tahlil qilish, ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va laboratoriya jihozlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantiradilar.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, laboratoriya asbob-uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish va tajriba natijalarini aniq qayd etish muhim hisoblanadi.

Ilmiy maqola va tezislar tayyorlash
Jamiyat faoliyatining muhim natijalaridan biri talabalar tomonidan ilmiy maqola va tezislarning tayyorlanishidir. Buning uchun talabalarga ilmiy manbalarni izlash, ulardan kerakli ma’lumotlarni ajratib olish, adabiyotlarni tahlil qilish va ilmiy matn tuzish usullari o‘rgatiladi.
Talabalar o‘z ilmiy ishlari asosida farmatsevtika sohasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan maqolalar tayyorlashlari mumkin. Ilmiy ishlarni nashrga tayyorlash jarayonida ilmiy rahbarlarning tavsiyalari va tahririy talablar hisobga olinadi.Yosh farmatseftlar ilmiy jamiyatida talabalar tomonidan o’z rahbarlari bilan birgalikda 100 lab maqola va tezislar nashr etilgan.