Ilmiy to'garak
2025–2026 o‘quv yilida Pediatriya fakultetining 2-son pediatriya kafedrasi huzuridagi «Yosh pediatrlar» talabalar ilmiy jamiyati tarkibiga 25 nafar bakalavriat talabasi va 2 nafar klinik ordinatura rezidenti qabul qilindi. Ularning barchasi kafedrada o‘tkazilgan ilmiy to‘garak yig‘ilishlarida faol ishtirok etdilar.
Har bir talaba kafedra o‘qituvchilariga biriktirilgan bo‘lib, «ustoz-shogird» an’anasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashib kelmoqda.
Talabalar ilmiy jamiyati o‘z faoliyatini 2025–2026 o‘quv yilida 2025-yil 28-avgustda tasdiqlangan reja asosida tashkil etdi va olib bordi.
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi bolalarda siydik chiqarish tizimi kasalliklarini o‘rganishdan iborat. Ilmiy jamiyatning har bir a’zosi ilmiy kadrlarni tarbiyalash va tayyorlash bo‘yicha yetarli tajribaga ega bo‘lgan kafedraning mas’ul xodimiga biriktirilgan.
Talabalar ilmiy jamiyati rahbari, kafedra dotsenti A. A. Axmatov rahbarligida ilmiy to‘garak yig‘ilishlari haftaning belgilangan kunida muntazam ravishda o‘tkazib borildi. O‘tgan davr mobaynida jami 16 ta ilmiy to‘garak yig‘ilishi tashkil etildi.

Ilmiy jamiyat a’zosi bo‘lgan talabalar ilmiy tadqiqotlarni olib borish tartibi, dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, ularni hisobga olish va yuritish qoidalari bilan tanishtirildi.
Talabalar uchun ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash, ularning turlari va tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yig‘ish va ular ustida ishlash usullari, tadqiqot natijalarini tahlil qilish va muhokama etish, shuningdek, ilmiy ishlarni nashrga tayyorlash va chop etish qoidalari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
2-son pediatriya kafedrasi talabalar ilmiy to‘garagi a’zolarining ilmiy-tadqiqot ishlari materiallari

2-son pediatriya kafedrasi talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari mamlakatimiz va xorijiy ilmiy nashrlarda muntazam ravishda chop etib boriladi. Har yili yosh olimlar ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
