Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasida ilmiy-tadqiqot ishlari zamonaviy tibbiyot fanining ustuvor yo‘nalishlari asosida tizimli ravishda olib borilmoqda. Kafedra jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya sohasidagi dolzarb ilmiy-amaliy muammolarni hal etish, ruhiy salomatlikni mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirish hamda zamonaviy diagnostika, davolash va reabilitatsiya usullarini takomillashtirishga qaratilgan.

  Shuningdek, kafedrada olib borilayotgan ilmiy faoliyat yosh avlodni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda psixoaktiv moddalar iste’molining oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish bilan chambarchas bog‘liq.

  So‘nggi 2025-2026-yillar davomida kafedra ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash borasida muhim natijalarga erishildi. Jumladan, kafedra xodimlaridan 3 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi, 1 nafari dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Mazkur yutuqlar kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati, ilmiy maktabning barqaror rivojlanishi hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi izchil ishlarning amaliy natijasidir.

  Bugungi kunda kafedra qoshida 3 nafar doktorant (Turayev T.M., Ibragimova M.X., Mardiyev O.A.) va 4 nafar mustaqil izlanuvchi (Turayev B.T., Turgunboyev A.U., Rajabov H.T., Xushvaqtova D.X.) psixiatriya hamda narkologiya yo‘nalishlari bo‘yicha dolzarb ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ularning ilmiy izlanishlari zamonaviy diagnostika usullarini joriy etish, ruhiy va xulq-atvor buzilishlarini erta aniqlash, innovatsion davolash hamda kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya texnologiyalarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy va ilmiy-uslubiy faoliyat muntazam ravishda rivojlantirilib kelinmoqda. So‘nggi uch yil mobaynida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar nashr etildi. Jumladan:

  7 ta o‘quv qo‘llanma;

  3 ta monografiya;

  14 ta elektron dastur (dasturiy mahsulot);

  Respublika hamda xalqaro nufuzli ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqola;

  Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi nufuzli jurnallarda 10 dan ortiq ilmiy maqola chop etildi.

  Bundan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar hamda malaka oshirish dasturlarida faol ishtirok etib, ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashmoqda. Kafedra xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro grantlarda ishtirok etish yo‘nalishida ham izchil faoliyat yuritmoqda.

  Shuningdek, kafedrada ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim jarayoni va amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ilmiy ishlanmalar asosida yangi o‘quv-uslubiy majmualar, elektron ta’lim resurslari, klinik tavsiyalar hamda innovatsion diagnostika va reabilitatsiya texnologiyalari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

  Kafedraning ilmiy faoliyati zamonaviy fan yutuqlarini ta’lim va amaliyot bilan integratsiyalash, yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Erishilayotgan natijalar kafedraning ilmiy salohiyati izchil o‘sib borayotganini hamda mamlakatimizda ruhiy salomatlik xizmatini takomillashtirishga munosib hissa qo‘shayotganini yaqqol namoyon etadi.

№MualliflarChop etilgan o‘quv qo‘llanmaning nomi
1Velilyaeva A.S.Turayev B.T.Xayatov R.B.Turg‘unbaev A.U.Psixiatriya asoslari
2Velilyaeva A.S.Ochilov U.U.Turayev B.T.Xayatov R.B.Narkologiya asoslari
3Velilyaeva A.S.Abdurazakova R.Sh.Kubayev R.M.Turayev B.T.Suitsidologiya asoslari
4Kuchimova Ch.A., Ochilov U.U.Affektiv buzilishlar
5Kuchimova Ch.A., Ochilov U.U.Basic Psychiaty
6Turayev B.T.Psixiatriya asoslari
7Turayev B.T. Ochilov U.U.Umumiy psixopatologiya
8A.S. Velilyayeva, R.B. Xayatov, R.B. Alkarov.Psixiatriya, Bolalar Psixiatriyasi
9A.S. Velilyayeva, R.B. Xayatov, R.B. Alkarov.Psixiatriya va narkologiya. Umumiy psixopatologiya