Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasida o‘quv va metodik ishlar belgilangan o‘quv-me’yoriy hujjatlar, ta’lim dasturlari, fan dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari hamda kafedraning yillik ish rejasi asosida tashkil etildi.

  O‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, farmatsevtik faoliyat uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish kafedraning asosiy vazifalaridan biri bo‘ldi.

  Kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida olib borilmoqda. Mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.

  O‘quv ishlari

  Hisobot davrida kafedrada o‘quv jarayoni tasdiqlangan o‘quv rejalar va fan dasturlari asosida tashkil etildi.

  Professor-o‘qituvchilar tomonidan:

-ma’ruza mashg‘ulotlari;

-amaliy mashg‘ulotlar;

-laboratoriya mashg‘ulotlari;

-talabalar mustaqil ta’limi;

-konsultatsiyalar;

-nazorat va baholash tadbirlari belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.

  Mashg‘ulotlarda talabalarga farmakognoziy , farmatsevtik texnologiya, dori shakllarini tayyorlash texnologiyasi, va boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berildi.

  Laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, dorivor o‘simlik xomashyosini makroskopik va mikroskopik tahlil qilish, biologik faol moddalarni aniqlash, sifat reaksiyalarini o‘tkazish, dori shakllarini tayyorlash va ularning sifat ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

  Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish

  Kafedrada ta’lim sifatini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilmoqda.

  Xususan, quyidagi pedagogik metodlardan samarali foydalanildi:

  “Aqliy hujum” – mavzu yuzasidan talabalarning mavjud bilimlarini aniqlash, yangi fikr va g‘oyalarni shakllantirish maqsadida;

  “Klaster” – mavzuga oid tushunchalarni tizimlashtirish va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun;

  “BBB” (Bilaman – Bilishni xohlayman – Bildim) – talabalarning mavzu bo‘yicha dastlabki va yakuniy bilimlarini taqqoslash uchun;

  “Case-study” – farmatsevtik amaliyotga oid muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun;

  “Muammoli ta’lim” – talabalarni muammoli vaziyatlarga jalb qilish va ilmiy-amaliy yechim topishga yo‘naltirish uchun;

  “Insert” – o‘quv materialini mustaqil o‘rganish va tahlil qilishda;

  “Venn diagrammasi” – tushunchalar va jarayonlarning o‘xshash hamda farqli jihatlarini aniqlashda;

  “Bumerang” va “Zinama-zina” – o‘tilgan mavzularni mustahkamlash va talabalar bilimini tezkor baholashda;

  kichik guruhlarda ishlash – talabalar o‘rtasida hamkorlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llanildi.

  Shuningdek, ta’lim jarayonida multimedia taqdimotlari, elektron o‘quv materiallari, videomateriallar, elektron testlar va boshqa axborot-kommunikatsion vositalardan foydalanilmoqda.

  Interfaol va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish

  Kafedrada mashg‘ulotlarning amaliy yo‘nalishini kuchaytirishga alohida e’tibor berildi. Talabalarga faqat nazariy ma’lumot berish bilan cheklanmasdan, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratildi.

  Farmakognoziya fanlari bo‘yicha dorivor o‘simliklarni aniqlash, dorivor xomashyoning tashqi belgilarini o‘rganish, mikroskopik tahlil, sifat reaksiyalari, biologik faol moddalarni aniqlash va xomashyoni standartlashtirish bo‘yicha amaliy topshiriqlar bajarildi.

  Farmatsevtik texnologiyalar fanlari bo‘yicha esa turli dori shakllarini tayyorlash, texnologik jarayonlarni tashkil etish, yordamchi moddalarni tanlash, tayyor mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini baholash hamda texnologik jarayonlarni nazorat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

  Metodik ishlar

  Kafedraning metodik ishlari professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirildi.

  Hisobot davrida:

-fan dasturlari va ishchi dasturlar qayta ko‘rib chiqildi;
-o‘quv-uslubiy majmualar takomillashtirildi;
-ma’ruza matnlari yangilandi;
-amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlandi;
-talabalar mustaqil ta’limi uchun topshiriqlar ishlab chiqildi;
-nazorat savollari va test topshiriqlari takomillashtirildi;
-fanlar bo‘yicha baholash mezonlari qayta ko‘rib chiqildi;
-elektron o‘quv materiallari bazasi kengaytirildi;
-ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish ishlari olib borildi.

  Professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlarning mazmunini zamonaviy farmatsevtika talablari asosida boyitishga, yangi ilmiy ma’lumotlar va zamonaviy farmatsevtik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga kiritishga e’tibor qaratildi.

  Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish

  Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etish maqsadida fanlar bo‘yicha mustaqil ish mavzulari va topshiriqlari ishlab chiqildi.

  Talabalar mustaqil ta’lim jarayonida:

-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash;
-elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;
-mavzular bo‘yicha referat va taqdimotlar tayyorlash;
-ilmiy maqolalarni tahlil qilish;
-test topshiriqlarini bajarish;
-amaliy vaziyatlarni tahlil qilish;
-dorivor o‘simliklar va dori shakllari bo‘yicha mustaqil izlanishlar olib borish kabi faoliyatlarni amalga oshirdilar.

  Bu jarayon talabalarning mustaqil fikrlashi, axborotni izlash va tahlil qilish, ilmiy manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

  Professor-o‘qituvchilarning metodik faoliyati.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlarining pedagogik va metodik mahoratini oshirish maqsadida ochiq mashg‘ulotlar, o‘zaro dars kuzatuvlari, metodik seminarlar va tajriba almashish tadbirlarida ishtirok etdilar.

  Ochiq mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, multimedia vositalari va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim usullaridan foydalanish tajribasi namoyish etildi.

  O‘zaro dars kuzatuvlari orqali mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, talabalarning faolligi, pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasi va baholash jarayonlari tahlil qilindi.

  Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish yuzasidan metodik ishlar olib borildi.

  Erishilgan yutuqlar.

  Hisobot davrida kafedraning o‘quv va metodik faoliyati bo‘yicha bir qator ijobiy natijalarga erishildi.

Jumladan:

  • O‘quv jarayonini tashkil etish sifati yaxshilandi.
  • Mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko‘lami kengaydi.
  • Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar soni va sifati oshirildi.
  • Fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar takomillashtirildi.
  • Elektron ta’lim resurslari va multimedia materiallaridan foydalanish kengaytirildi.
  • Talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyati faollashtirildi.
  • Talabalarning fanlarga qiziqishi va mashg‘ulotlardagi faolligi oshirildi.
  • Professor-o‘qituvchilarning metodik va pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
  • Ochiq mashg‘ulotlar va o‘zaro dars tahlillari orqali ilg‘or pedagogik tajribalar ommalashtirildi.
  • Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari kuchaytirildi.
  • Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar fanlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga erishildi.
  • Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni kuchaytirishga e’tibor qaratildi.