Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Talabalarning boʻsh vaqtlari madaniy tadbirlar orqali mazmunli tashkil etiladi. Talabalar oʻrtasida yuqori axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqish uygʻotish, sogʻlom turmush tarziga ehtiyojni tarbiyalash hamda ularni universitetning madaniy-maʼrifiy hayotiga jalb etish kafedraning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biridir. Talabalar muntazam ravishda Samarqandning tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylari, teatr va muzeylariga tashrif buyurishadi.

  Jismoniy tarbiya va sportga alohida eʼtibor qaratilgan. Talabalar universitet sport majmuasi negizida faoliyat yuritayotgan suzish, tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, jang sanʼati va yengil atletika kabi sport seksiyalariga qatnashadilar. Ular viloyat va respublika miqyosidagi sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

  Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilib, unga muvofiq tarixiy sanalar, milliy bayramlar va sport musobaqalariga bagʻishlangan turli tadbirlar oʻtkaziladi. Huquqni muhofaza qilish organlari, Ichki ishlar idoralari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda uchrashuvlar tashkil etiladi.

  Kafedra mudiri va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul oʻqituvchi talabalar bilan muntazam muloqotda boʻlishadi. Har haftaning payshanba kuni darslar axborot va maʼnaviyat soatidan boshlanadi.

Kafedra professor-oʻqituvchilari talabalar oʻrtasida quyidagi yoʻnalishlarda ishlarni olib boradilar:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qaror hamda farmonlari bilan talabalarni tanishtirib borish; barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning milliy, umuminsoniy va maʼnaviy dunyoqarashini boyitishga qaratilgan maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish.
  • Rejaga muvofiq, har payshanba kuni «Maʼnaviyat soati»ni oʻtkazish. Bunga qoʻshimcha ravishda, har kuni ertalab talabalar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar bilan 5 daqiqalik qisqa axborot brifinglari va maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar uyushtirish.
  • Talabalarning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida ularni mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi Qonunlar, davlat rahbari nutqlari va Hukumat qarorlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirish.
  • Dunyo va mamlakat miqyosida roʻy berayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy voqealar toʻgʻrisida talabalarga oʻz vaqtida xolis va aniq maʼlumotlarni yetkazish.
  • Talabalar oʻrtasida sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida teatr spektakllari, kino va konsertlarga tashriflarni yoʻlga qoʻyish.
  • Taʼlim muassasasi yoʻnalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda kafedrada ilmiy va amaliy toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda olib borish.

Oʻtkazilgan tadbirlardan lavhalar:

  3-sonli Talabalar turar joyida (TTJ) oʻtkazilgan «Milliy oʻyinlarda — millat ruhi mujassam» nomli sport tadbiri.

  1-sonli TTJda tashkil etilgan «Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!» mavzusidagi bayram tadbiri.

Fiziologiya kafedrasida oʻtkazilgan maʼnaviyat darslaridan lavhalar.