Kafedrada ma`naviyat ishlari kafedraning ma`naviyat ishlari buyicha tasdiqlangnan rejasi asosida ish olib borashadi. Kafedrada "Ma`naviyat va ma`rifat” ishlari buyicha ma’sul dosent Mavlyanov Shavkat Xujamqulovich. Kafedrada haftaning har payshanba kuni "Ma`naviyat va ma`rifat soatlari" o`tkaziladi. Kafedrada professor-o`qituvchilari har o`quv yilida pediatriya fakul'tetining studentlariga murabbiylik ishlarini olib borishadi. Ular o`zlariga berkitilgan guruh studentlari bilan shaharning diqqatga sazovar joylarini va me`moriy obidalariga sayohat uyushtiradilar, studentlarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishda o`z hissalarini qo`shib kelishadi. Bundan tashqari, kafedra xodimlari Samarqand shahrida o`zlariga berkitilgan mahallalarida tibbiyotning dolzarb muammolariga bag’ishlagan ma`ruzalarni o`qishadi.
Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Ijtimoiy Gumanitar fanlar kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi.
Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Umurova Sh. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi