Kafedra tashkil qilingandan buyon Moskva, Sankt-Peterburg, Donetsk, Alma-ata, tibbiyot oliygohlari bilan samarali ilmiy aloqada bo’lib kelmoqda.
Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU ga tashrif buyuradigan chet eldagi eqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.
Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi bir necha oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud, jumladan:
- Rossiya Tibbiyot Fanlari Akademiyasi Bolalar xirurgiyasi ilmiy tekshirish instituti
- Rossiya Tibbiyot Fanlari Akademiyasi "Bolalar salomatligi milliy markazi" Federal Davlat byudjet muassasasi
- Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti
- Rossiya Federasiyasi «Rentgen-radiologiya» ilmiy tekshirish instituti
- Rossiya Federasiyasi “Urologiya” ilmiy tekshirish instituti
Bundan tashqari kafedrada chet el taniqli tibbiyot oliygohlarinng yetakchi professorlari soatboy tartibda faoliyat ko‘rtsatib kelmoqda, ular bolalar xirurgiyasi dorlzarb muomolariga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan doimo o‘rtoqlashib kelishmoqda.
Bataev Saidxasan Magomedovich- Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligining A.I. Burnazyanov nomidagi Federal tibbiy-biofizika markazi huzuridagi Uzluksiz ta’lim institutining Pediatriya va bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori.
Poluxov Ramiz Shamil o‘g‘li -Ozarbayjon tibbiyot universiteti Bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, professor
Yasik Sergey Pavlovich- Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining “Bolalar sog‘lig‘i” Milliy tibbiy tadqiqot markazi huzuridagi Kadrlar tayyorlash instituti Bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, professor.
Ulashish