×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "2-son Bolalar xirurgiyasi" kafedrasida tashkil qilingan talabalarning ilmiy-tadqiqot to’garagi "prof. M.A. Axmedov" nomi bilan nomlanadi. Har yil to’garakka 10-12 nafar talaba a’zo bo’lib keladi, bir talaba kafedra o’qituvchilariga biriktirilgan va «ustoz-shogird» an’analariga muvofiq ilmiy izlanishlarda faol qatnashib kelmoqda. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini respublika tanlovlari uchun bolalar xirurgiyasining dolzarb muammolari bo'yicha tayyorlashadi.

  Ilmiy to’garakga azo talabalarga ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi hujjatlarni to’plash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi haqida malumotlar berildi. Ilmiy maqola va tezis tayyorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yig’ish va ularni ustida ishlash uslublari, tadqiqotning natijalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib qoidalari to’g’risida master-klasslar o’tkazildi. Shuningdek, to’garak qatnashchilari bo’limlarda operasiyalar va bog’lov zonalarda faol ishtirok etishdi.

  Mahalliy va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, talabalarning oratorlik qobiliyatini shakllantirish, bajarilgan ishlar samarasi va ilmiy ishlar natijalari tahlil etildi. Bundan tashqari har bir to’garakda talabalar alohida mavzulardan chiqishlar qilishib, amaliyot tarzda operasiyalar va bog’lov xonalarda faol ishtirok etadilar, shuningdek, talabalar amaliy ko’nikmalar bilan mustaqil shug’ullanishadi.

  2021-2022 o’quv yili davomida kafedramiz iqtidorli talabalari ustozlari bilan birga bir nechta mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda tezis va maqolalar chop etishdi va sertifikatlarni qo’lga kiritishdi.

  20.05.2022 yilda SamDTU da o’tgan «Dostijeniya fundamentalnoy, prikladnoy medisinы i farmasii» 76-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga TIJ a’zolari tomonidan jami 11 ta tezis yuborildi. Pediatriya fakulteti 406-guruh talabasi Suyunov Navruzbek 1-o’rin, Davolash fakulteti 320 – guruh talabasi Djurakulov Djasur 2 o’rin, Davolash fakulteti 142 – guruh talabasi G’iyasova Rayxona “Eng yaxshi ilmiy izlanish” diplomi, xalqaro fakultet 210– guruh talabasi Xayriddinov Boburshox 3 o’rin, Davolash fakulteti 318 – guruh talabasi Xaydarov Odilxon “Eng yaxshi ilmiy ish” diplomi bilan taqdirlandi.

  2025 йил Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilgan“Samarqand -2020” Xalqaro talabalar olimpiadasida bizning talabalar ham faol ishtirok etishdi va   qator o’rin diplomlar, nominatsiya va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

  1. Xusenov Sherzod -I darajali diplom bilan taqdirlangan.
  2. Aliyeva Fikriya – III darajali diplom bilan taqdirlangan.
  3. Tulaboyeva Shoira - III darajali diplom bilan taqdirlangan
  4. Kayumova Amira - III darajali diplom bilan taqdirlangan