Kafedrada tibbiy profilaktika yo’nalishining 1-2 kurs, fundamental tibbiyot yo’nalishining 2 kurs, stomatologiya yo’nalishinig 2 kurs, davolash, pediatriya yo’nalishining 3 kurs, davolash yo’nalishining 5-kurs, sanoat farmatiyasi yo’nalishining 1 kurs, shuningdek qo’shma dastur bo’yicha davolash va pediatriya yo’nalishining 2 kurs va horijiy talabalarning 2-3 kurslariga kafedrada quyidagi fanlar bo’yicha dastur asosida mashg’ulotlar o’tkiziladi:
- Gigiyena. Tibbiy ekologiya
- Gigiyena
- Harbiy gigiyena
- Mutaxassislikka kirish.
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosano’zgartirishlar;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzugaoid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediyadasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziykompyuterga ulangan televizorlaryordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha b o’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Kafedra kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 30 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, , o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.