Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari
Kafedra “Fiziologiya” fanining modul dasturi boʻyicha davolash, xalq tabobati, fundamental tibbiyot, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, stomatologiya va farmatsiya fakultetlarining 1–2-kurs talabalarini tayyorlaydi.
Har bir fakultet va kurs boʻyicha dars mashgʻulotlari quyidagi tasdiqlangan hujjatlar asosida olib boriladi:
- malaka tavsifi;
- davlat standarti;
- oʻquv dasturi;
- oʻquv ishchi dasturi;
- kalendar-tematik reja;
- zamonaviy taʼlim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys-texnologiyalar va proyeksiya usuli).
Oʻquv jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar: Markaziy kompyuterga ulangan televizorlar orqali tematik videofilmlar, taqdimotlar, multimedia dasturlari, maʼruza va amaliy mashgʻulotlar efirga uzatiladigan telekommunikatsiya tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Biriktirilgan (aralash) oʻqitishga moʻljallangan, oʻquv rejasiga muvofiq tuzilgan hamda oʻquv dasturining barcha boʻlimlarini qamrab olgan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Kafedra kutubxonasi:
- Kutubxonada ingliz, oʻzbek va rus tillarida 500 dan ortiq oʻquv adabiyotlari mavjud.
- Elektron kutubxona oʻz ichiga darsliklar, atlaslar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, maʼruza matnlari va boshqa materiallarni oladi.
Kafedrada laboratoriya ishlarining tashkil etilishi:
- Laboratoriya mashgʻulotlari har bir fakultet boʻyicha ishlab chiqilgan kalendar-tematik reja asosida olib boriladi.
- Mavzularga oid laboratoriya va amaliy ishlar muhokama qilinadi hamda bayonnomalar ish daftariga kiritiladi.
Talabalarning mustaqil ishi turlari:
- Interfaol texnologiyalar yordamida oʻrganish.
- Sxemalar, elektron tasvirlar, atlasdagi tasvirlar va koʻrgazmali qurollar yordamida oʻqitish.
- Fiziologik tajriba va testlarni qoʻllash.
- Internet maʼlumotlaridan foydalangan holda referat (insho) yozish.
- Internet maʼlumotlari asosida yangi mavzular boʻyicha jadvallar tayyorlash.
- Mavzu boʻyicha interfaol oʻyinlar tayyorlash.
- Krossvordlar tuzish.
- Mavzu boʻyicha taqdimotlar tayyorlash.
- Mavzular boʻyicha eslatmalar yozish.
- Mavzu materiallarini talabalar oʻzaro muhokama qilishi va muloqot olib borishi.
Talabalar bilimi, davomati va fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini baholash: Fiziologiya fani boʻyicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash тўғрисида”gi Nizom, universitet rektorining 2013-yil 12-sentyabrdagi 43-sonli buyrugʻi, moodle.sammu.uz elektron taʼlim tizimidagi oʻquv jarayoniga oid 2013-yil 19-dekabrdagi 951/U-sonli buyrugʻi, kredit-modul tizimida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibi hamda SamMTU Ilmiy kengashining 2016-yil 15-iyundagi 9-sonli bayonnomasi tavsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Talabalarning taʼlim jarayonini baholash tartibi: Baholash — oʻquv jarayonining muhim bosqichlaridan biri boʻlib, talabaning fanni oʻzlashtirish darajasini koʻrsatadi. Baholash jarayoni ogʻzaki soʻrov, test, yozma ish va amaliy koʻnikmalar natijalariga asoslanadi.
Baholar modul tizimi boʻyicha joriy baholar va modul boʻyicha yakuniy nazorat (YаN) natijalari yigʻindisidan kelib chiqqan holda anʼanaviy 5 ballik tizimda qoʻyiladi.YаN fakultet dekanati tomonidan tuzilgan grafik asosida universitet ARM (Axborot-resurs markazi) kompyuterlarida, dekan oʻrinbosarlari ishtirokida MOʻM (Markazlashtirilgan oʻquv-metodik) testlari orqali oʻtkaziladi va baholanadi.